Янгиликлар /

«Yunayted» yozda Xitoyda 2ta o‘yin o‘tkazadi

Мақола нашр қилинди

Yozda «Manchester Yunayted» jamoasi mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarining bir qismini o‘tash uchun Xitoyga yo‘l oladi.

Jamoa rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, manchesterliklar jamoasi Xitoyda 8 kun davomida bo‘ladi va 2ta nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. «MYu» jamoasi qarshi o‘sha kunlarda o‘yin o‘tkazadigan jamoalar nomi yaqin vaqtda ma’lum qilinadi.

«Manchester Yunayted» Xitoy bilan tarixiy aloqalarga ega va biz u yerda juda ko‘p muxlislarga ega ekanimizdan faxrlanamiz.

Xitoyga avvalgi turnelarimiz vaqtida o‘tkazgan o‘yinlarimizni tomosha qilish uchun 500 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgandi. Shuning uchun jamoamiz yoz kelishini sabrsizlik bilan kutmoqda», — deydi klubning ijrochi direktori Ed Vudvord.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.