Янгиликлар /

Shvaynshtayger jarohat oldi

Мақола нашр қилинди

 «Manchester Yunayted» safidan Germaniya terma jamoa safiga borib qo‘shilgan Bastian Shvaynshtayger shanba kuni Angliyaga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmasligi mumkin deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri. 31 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan.

Shvaynshtayger kechagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan va tibbiy tekshiruv uchun Myunxenga yo‘l olgan.

«Bastian mashg‘ulotlar vaqtida oyog‘idan jarohat oldi. Hozirda u Myunxenda, va tibbiy tekshiruvdan so‘ng uning holatiga aniqlik kiritiladi. Hozirda uning holati borasida biror narsa deyish qiyin. Men uning qancha muddatga safdan chiqqanligini ayta olmayman» — deydi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi bor Bastian «Yunayted» asosiy tarkibida 9 yanvarda maydonga tushgan edi, so‘ngra jarohat sababli 12 uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Jamoaning so‘ngi to‘rt o‘yinida esa zahiradan maydonga tushdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.