Xuan Mata shvedsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich bilan bir jamoada to‘p surish istagi borligini aytib o‘tdi. So‘ngi shov-shuvlarga qaraganda 34 yoshli futbolchi kelasi yil faoliyatini «Manchester Yunayted» da davom ettirishi mumkin.
«Men uni nima qilishini bilmayman, Parijda qoladimi yoki ketadimi. Uzoq muddatli faoliyati davomidagi unda yangi sahifa ochish imkoniyati bor».
«Zlatan, so‘zsiz, shvedsiya futboli tarixidagi eng kuchli futbolchi. U bir qancha chempionatlarda to‘p surdi va ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Bu uning o‘yining sifati bilan bog‘liq va shu sababli u terma jamoada va PSJ da jamoa sardoridir».
«U juda yaxshi o‘yinchi, menga u kabi o‘yinchilar bilan to‘p surish juda yoqadi. Xar bir futbolchi Zlatan kabi futbolchi bilan birga to‘p surishni istaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ibragimovich mavsum yakuniga yetgandan so‘ng PSJ ni tark etishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.