Янгиликлар /

Takroriy uchrashuv sanasi aniq bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

Angliya Futbol assotsiatsiyasi rasman Angliya Kubogi doirasidagi «Manchester Yunayted»  va «Vest Xem Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi takroriy uchrashuv bo‘lib o‘tish sanasini belgiladi. Uchrashuv 13 aprel kuni britaniya vaqti bo‘yicha 19:00 da «Vest Xem» jamoasining uy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki «Old Trafford» da bo‘lib o‘tgan uchrashvda 1-1 hisobi qayd etilgan va musobaqa ruglamentiga ko‘ra takroriy bahs o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.

Uchrashuv dastlab 6 aprelda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Takroriy bahs bo‘lib o‘tishi belgilangan sanada UEFA Chempionlar Ligasi bahslari bo‘lib o‘tishi tufayli Angliya futbol assotsitsiyasi UEFA dan rasmiy ruhsat olishlari lozim edi.

Yakuniy qarorga ko‘ra jamoalar 13 aprelda bellashishlariga kelishildi va bung ikki jamoa ham rozilik bildirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.