Kecha bo‘lib o‘tgan FIFA kunlari doirasidagi o‘rtoqlik uchrvshuvlarida «Manchester Yunayted» jamoaning bir qator futbolchilario‘z terma jamoalari tarkibida maydonga tushishdi.
O’rtoqlik uchrashuvlarining markaziy uchrashuvi deya topilgan Italiya va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuvda Matteo Darmian, Xuan Mata va David De Xea asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Uchrashuvd jangovor 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi. David De Xea uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Xuan Mata birinchi bo‘limdan so‘ng zahira futbolchisiga almashtirildi. Italiya tarkibida esa Matteo Darmian uchrashuvni to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi.
HimoyachiPeddi MakNeyr esa Shimoliy Irlandiya va Uels terma jamoalari o‘rtasida uchrashuvda ishtirok etdi. Bu uchrauvda ham 1:1 hisobi qayd etildi. MakNeyr uchrashuvni 74-daqiqasida zahira futbolchisiga almashtirildi.
Janubiy Amerikada esa JCh 2018 saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ekvador va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Antonio Valensiya 90 daqiqa to‘p surdi uchrashuv 2:2 hisobida yakuniga yetdi. Ekvador hozirda turnir jadvalida 5 uchrashuvdan so‘ng 13 ochko to‘plagan holdi peshqadam bo‘lib kelmoqda.
Serxio Romero va Markos Roxo esa Argentina terma jamoasi tarkibida Chiliga qarshi uchrashuvda maydonga tushishdi va mehmonda 1:2 hisobida g‘alabaq qozonishdi. Ikkala futbolchi ham uchrashuvda to‘liq xarkat qilishdi
Eslatib o‘tamiz, bugun o‘tadigan uchrashuvlarda ham «Yunayted» jamoasi a’zolari o‘z terma jamoalari safida maydonga tushishi kutilmoqda Urugvay va Braziliya o‘rtasidagi uchrashuvda himoyachi Varela maydonga tushishi mumkin bo‘lsa, Gollandiya va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuvda esa Deyli Blind, Memfis Depay vaAntoni Marsyal maydonda to‘qnash kelishlari mumkin.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.