«Everton» jamoasi hujumchisi Romelu Lukakuning otasining so‘ziga ko‘ra uning o‘g‘li katta jamoalarga o‘tishga tayyor va «Manchester Yunayted» u uchun qulay jamoadir.
«U tayyor. Men bilaman u bilan «Atletiko», «Bavariya», «Yuventus», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari qiziqish bildirishmoqda. O’ylashimcha, «Manchester Yunayted» yoki «Bavariya» jamoalaridan birini tanlashi kerak.
««Yunayted» xozirda qayta qurish jarayonida va jamoa asosiy tarkibni aniqlab olish niyatida. «Bavariya» — esa bu bir mashina. Bu jamoaga faqatgini Levandovski jamoani tark etgan taqdirdagina o‘tishi mumkin».
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Premer Ligada 18 ta gol urishga erishgan u ning jamoasi esa quyi pog‘onalarda bormoqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.