Янгиликлар /

Anderson: «Yunayted» meni sotib olmoqchi edi

Мақола нашр қилинди

«Latsio» yarim himoyachisi Felipe Anderson uni sotib olish borasida «Manchester Yunayted» rasmiy taklif bilan chiqqanligini aytib o‘tdi.  

«Har safar transfer oynasi vaqtida mening kelajigim borasida muzokaralar olib boriladi. So‘ngi ikki yil ichida esa meni nomimni ko‘plab yevropa jamoalari bilan bog‘lashmoqda, lekin men ishlashda davom etaman, va faqat «Latsio» haqida o‘ylamoqdaman».

««Manchester Yunayted»? Ular o‘tgan yili taklif bilan chiqishgan edi, va buni «Latsio»  ham tasdiqlagan. Rahbariyat mavsumni jamoa uchun yaxshi nihoyasiga yetkazish uchun meni jamoada saqlab qolishni lozim topdi. Afsuski o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatni takrorlab bo‘lmaydi, lekin biz bor kuch bilan ishlashda davom etamiz, yakunda bizni nimalar kutimoqda ekan».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Latsio» sport direktori Igli Tare 22 yoshli futbolchini 50 mln. yevroga «qizil iblislarga» sotishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan edi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.