22 yoshli «Everton» xujumchisi Romelu Lukaku «Chelsi» jamoasiga qaytib bormasligini, va «Manchester Yunayted» ning qiziqishlari borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi .
« «Chelsi» ga qaytib borish imkoni bormi? Yo‘q va yana yo‘q. Bu sahifa yopilgan. Men kichkinaligimda «Manchester Yunayted» va «Bavariya» jamoalarining hujumkor o‘yinlaridan zavqlanardim. Ko‘ramiz, vaziyat qanday bo‘lishini, bu men uchun ko‘p narsani isbotlashim lozimligini ko‘rsatadi. Qolgan ko‘p narsa–mening agentimga ham bog‘liq».
Lukaku shuningdek, «Yunayted» ga Joze Mourinyu bosh murabbiy bo‘lishi ehtimoli ham uning fikrini o‘zgartirmasligi mumkinligini aytdi.
«Ayrimlar aytmoqdaki Mourinyu bilan yomon aloqalarimizni. Uch yil avval men 20 yoshda edim, va top jamoada to‘p surish xayajoni bor edi. Bir necha ajoyib mavsumdan so‘ng barchasi o‘zgardi. May oyida 23 yoshga to‘laman, va yozda jamoamni trak etishim mumkin» deydi futbolchi La Dernière Heure nashriga bergan intervyusida
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda xujumchi «Everton» safida barcha musobaqalarda 37uchrashuvda maydonga tushib 25 gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.