Янгиликлар /

Runi qachon safga qaytadi?

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionati 26-turida «Sanderlend»ga qarshi kechgan uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan edi. O’sha uchrashuvda mankunianliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan.

Runi aprel oyi o‘rtalarida safga qaytishi kutilmoqda. Shu tariqa u Yevropa chempionati boshlangunga qadar optimal sport formasini qayta tiklashi mumkin.

Runi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Galning qarori tufayli Yevropa chempionatidan mahrum bo‘lishiga bir bahya qoldi. Murabbiy hujumchini jarohat olgan bo‘lishiga qaramay zaxiraga olmadi va keyinchalik Runining o‘zi buni istagani haqida gapirib o‘tdi. Aslida esa Ueyn Runi 65-daqiqadayoq kuchli og‘riq tufayli zaxiraga olishini Lui van Galdan so‘rgan ekan.

Agarda Runining jarohati yanada og‘irlashib ketganda, u 9 oy muddatga safdan chiqishi mumkin edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.