«Yunayted» APL jamoalari orasida birinchilardan bo‘lib o‘z maydonida raqib darvozasiga 1000 to‘pni kiritgan ilk jamoaga aylandi.
Ushbu ko‘rsatkichga faqatgina «Arsenal» yaqin yillarda yetib kelishi mumkin. Hozirda «Arsenal» o‘z maydonida raqib darvozasini 916 bora ishg‘ol qilgan. «Siti» esa bu minglik davonni zab etishi uchun «Etixad» stadionida yana 364 gol urishi zarur.
Urilgan gollarning asosiy qismi o‘yindan kiritilgan bo‘lsa, 56 gol esa penaltidan so‘ng kirtilgan, 33 bora esa futbolchilar belgilangan jarima to‘pidan unimli faoydalanishgan, 34 ta golni esa raqib o‘z darvozasiga yo‘llagan.
Urilgan gollardan 99 tasini Ueyn Runi kiritgan bo‘lsa, Pol Skoulz hisobida – 59 ta va Krishtianu Ronalduda – 57 ta.
1000 to‘pini kiritgan Antoni Marsyal o‘z nomini jamoaning nomdor futbolchilar qatoriga yozib qo‘ydi. Premer Liga doirasidagi «Manchester Yunayted» ning uy uchrashuvidagi ilk golni 1992 yilda himoyachi Denis Irvin kiritgan qolgan yubiley gollarni esa quyidagi futbolchilar kiritishgan:
100 – Erik Kantona
200 – Pol Skoulz
300 – Endi Koul
400 – Ole Gunnar Sulsher
500 – Rayan Giggz
600 – Ole Gunnar Sulsher
700 – Krishtianu Ronaldu
800 – Ueyn Runi
900 – Sindzi Kagava
1000 – Antoni Marsyal
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.