Янгиликлар /

Shou yugurish mashqlarini olib bormoqda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou maydonda xarakatini boshladi deya xabar bermoqda ingliz nashrlari.

Ingliz futbolchisi hozirda yugurish mashqlarini olib bormoqda. Futbolchiga doimiy fizioterapev hamrohlik qilmoqda.

Shou uzoq muddatli jarohatdan forig‘ bo‘lgan va tez orada maydonga qaytishi kutilmoqda. U sentyabr oyida Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchrashuvida «PSV» (1:2) oyog‘ining ikki joyidan sindirib olgan edi. Shu sababli yarim yilni jarohatni tiklash bilan o‘tkazib yubordi.

«Mening do‘stim Lyuk Shou yugurish mashqlaridan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytadi. U tez orada maydonga tuship to‘p tepa oladi», – deya yozadi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata o‘zining instagramdagi rasmiy sahifasida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.