Ser Aleks Fergyuson darvozabon David De Xeaning jamoga kelib qo‘shilishi borasidagi voqeani aytib berdi.
2011 yil fevral oyida van der Sar foliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi, va ser Aleks o‘sha vaqtdagi «Shalke» darvozaboni Noyerni jamoaga olib kelishi istagan edi, darvozabonlar bo‘yicha murabbiy Erik Stil esa David De Xeani olib kelish borasida qattiy turib olgan edi.
«Erik bizga uzoq muddat De Xeani aytgan edi, Noyer «Shalke» ning asosiy posboni edi. O’ylashimcha, agar Noyer «Bavariya» ga emas bizning jamoaga o‘tganda «Shalke» ham xurasand bo‘lar edi».
«Erik o‘z gapida qattiq turib olib De Xeani jamoaga olib kelishimizni istagan edi. Men unga: «Eshit, bu Noyer – tayyor o‘yinchi. U yetuk va jismoniy baquvat o‘yinchi». U esa menga: «Ha, sen haqsan, lekin uch yildan so‘ng De Xea zo‘r o‘yinchi bo‘ladi». Men esa: «OK, bu dalil bo‘la oladi».
«Erik va men De Xea o‘yinini kuzatish uchun «Valensiya» ga qarshi o‘yinga bordik, va men Erik aytganidek – men unda egiluvchanlik, ishonch, tezkorlikni ko‘rdim. Erik esa uning yaqinlari bilan aloqaga chiqishga ulgurgan ekan. Men uning haq bo‘lib chiqqanidan xursandman».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.