Янгиликлар /

Van Gal Niderlandiya futbol ittifoqi taklifni rad etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi tomonidan bildirilgan taklifni rad etdi.

Unga ko‘ra murabbiy mamlakat terma jamoasida texnik direktor vazifasiga taklif etilgan edi. Ammo 64 yoshli murabbiy «Manchester Yunayted» bilan imzolangan va 2017 yilning yoziga qadar davom etadigan shartnoma oxiriga qadar mankunianliklar boshqaruvida qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Lui van Gal «Manchester Yunayted» boshqaruvida kelasi yil ham qolishi va yozda tarkibni kuchaytirish uchun 100 million yevro mablag‘ olishi aytilgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.