Янгиликлар /

M.E.N.: Vudvord Mendesh bilan uchrashdi

Мақола нашр қилинди

Manchester Evening News nashri xabar berishicha Joze Mourinyu agenti Jorje Mendesh «Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvord bilan uchrashgan va bir necha masalalarni muhokama qilishgan.

Gollandiyaning De Telegraaf nashri xabar berishicha jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Lui van Gal shartnomada nazarda tutilgan 3 yilni to‘liq o‘tkazishi ko‘zda tutmoqda. Jamoa rahbariyati esa bosh murabbiyga yozgi trasfer vaqtida o‘yinchilarni xarid qilishi uchun yana mablag‘ ajratishi rejalashtirilgan. Shu sabab, van Gal yangi mavsum oldi tayyorgarlik rejasini tuzishga kirishgan.

Ed Vudvord Jorje Mendesh bilan Mourinyu masalasi bo‘yicha gaplashib olgani va jamoa bosh murabbiyni kelasi mavsumda almashtirish rejasi yo‘qligini aytgani ta’kidlanmoqda.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.