Янгиликлар /

Yanuzay yana jarohat oldi

Мақола нашр қилинди

Adnan Yanuzay jarohat olib safdan chiqqan va shu sababli o‘rinbosarlar tarkibida «Chelsi» yoshlariga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmagan deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

21 yoshli futbolchi «Borussiya D» jamoasidan ijaradan qaytgandan so‘ng ikkinchi bor jarohat olmoqda.

Adnan ijaradan qaytgandan so‘ng «Sautgempton» va «Arsenal» jamoalariga qarshi uchrashuvning so‘ngi daqiqalarida maydonga tushgan edi. Yanuzay shuningdek o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida ham 7 uchrashuvda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yil yozda nihoyasiga yetadi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.