«MYu»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Bayer»da to‘ surayotgan Xaver Ernandes manchesterliklarning hozirgi ustozi Lui van Gal haqida iliq so‘zlar aytdi.
Meksikalik 27 yoshli futbolchi 2010 yildan 2015 yilgacha «MYu» futbolchisi bo‘lgan. Ernandes ushbu mavsum 37 uchrashuvda 25 ta gol urgan va ikki golga hammualliflik qilgan.
«Lui van Gal — yaxshi murabbiy. U o‘z yo‘lida ketmoqda. «MYu» yaqin 50 yoki 100 yil ichida yangi Fergyusonni topa olmaydi, chunki u o‘ziga xos mutaxassis edi. Van Gal «MYu»ga kelganida men jamoaning asosiy tarkibida joy kafolatmasligi, asosiy hujumchi Ueyn Runi bo‘lishi aytgan edi», — deydi Ernandes.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.