Янгиликлар /

Red News: Fergi Mour kelishiga rozi(mi)?!

Мақола нашр қилинди

«Qizil iblislar» sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson, uning hozirgi va kelajakdagi bosh murabbiylari borasida bir qarorga kelgan, deya xabar bermoqda «Red News» rasmiy fan klub sayt.

«Yunayted» bilan 13 marotaba Angliya chempionligi qo‘lga kiritgan shotlandiyalik mutaxxasis va jamoa ijrochi direktori Ed Vudvord o‘rtasida bosh murabbiylik borasida ancha vaqtdan buyon kurash kechmoqda. Shotlandiyalik afsona sobiq shogirdi Rayan Giggzni nomzodini anchadan buyon qo‘llab-quvvatlab kelmoqda edi. Shu bilan birgalikda Fergyuson janoblari yozni intizorlik bilan kutayotgan Mourino jamoa boshiga kelishiga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda edi.

Yuqoridagi manbaa bergan ma’lumotga ko‘ra, Fergyuson bu borada kurashni to‘xtatgan va Mourni jamoaga kelishiga ortiq qarshilik ko‘rsatmaydi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.