Янгиликлар /

LVG: Runi maydonda qolishni istagan edi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Aston Villa»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida (1:0) amalga oshirgan zaxira o‘zgarishlari haqida gapirib o‘tdi.

«Reshford oxirgi 12 o‘yinda maydonga tushgan edi. Shu sababli uni almashtirishni istagandim. Ammo u ajoyib kayfiyatda edi va oxirigacha o‘ynashga tayyorligini bildirdi. Shunga qaramay so‘nggi 15 daqiqa juda muhim ahamiyatga egaligini inobatga olib, uni zaxiraga oldim.

Xuddi shu gap Runiga ham tegishli, chunki u oxirgi vaqtlarda ko‘p o‘ynamagan edi. Shu sababli almashtirdik. Runi maydonda qolishni istagan edi, shuning uchun mendan jahli chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limda u ko‘p bora to‘p yo‘qotdi. Birinchi bo‘limda esa yaxshi o‘ynagandi», — deydi Lui van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.