Янгиликлар /

LVG: Baribir hech narsa aytmayman

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal kelajagi borasida berilgan savolga javob qaytarishdan bosh tortdi.

«Matbuotda «Manchester Yunayted» rahbariyatining menga ishonchi haqida o‘qimoqdaman. Boshqa murabbiylar haqida esa, siz yozmaysiz. Men kelajagimni siz bilan muhokama qilmayman — bu haqida ming marta so‘rashingiz mumkin, ammo men hech narsa aytmayman. Iste’fom haqida matbuot yozmoqda, shunday ekan, bu sizning muammongiz, mening emas.

Biz barqaror o‘ynashga intilmoqdamiz. Barqarorlik — juda muhim. Albatta ba’zi o‘yinlarda bunga erisha olmayapmiz va rahbariyat norozi bo‘lishi turgan gap. Ammo buning sabablari bor. Agar har bir o‘yinda yangi jarohatlar bilan to‘qnash kelaversangiz, barqarorlik haqida gapirishga imkon qolmaydi», — deydi murabbiy.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.