Янгиликлар /

LVG: Sovrinlarga ega bo‘lishni istayman

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya kubogida «Vest Hem» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) va yarim finalga yo‘llanma qo‘lga kiritilganidan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamoamiz himoyada ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Biz «Vest Hem»ga hujumda vaziyat yarata olishi uchun deyarli hech qanday imkoniyat bermadik. Yanada ishonchliroq g‘alabaga erishsak bo‘lar edi, vaziyatlarimiz yetarli bo‘ldi. Angliya kubogini qo‘lga kiritish men uchun emas, klub va o‘yinchilar uchun muhimroq. Albatta men ham sovrinlarga ega bo‘lishni istayman», — deydi Van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.