Янгиликлар /

«Vest Hem» – «Yunayted» 1:2

Мақола нашр қилинди

13 aprel oqshomida Angliya Kubogining chorak finalida «Vest Hem» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va Lui van Gaal shogirdlari 2 uchrashuv natijasiga ko‘ra yarim finalga chiqdi.

Uchrashuvning 54 daqiqasida Antoni Marsiyalning uzatmasidan so‘ng Markus Reshford individual mahorati evaziga gol urib, hisobni ochdi. 67 daqiqada Maruan Fellayni hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

«Vest Hem» himoyachisi Tomkins 79 daqiqada bitta javob to‘pini kiritdi.

O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi va manchesterliklar turnirda ishtirokni davom ettiradigan bo‘ldi.

Angliya Kubogining yarim final o‘yinlari 23-24 aprel kunlari o‘tkaziladi. «MYu» «Everton» maydoniga safar qilsa, «Kristal Pelas» «Uotford» bilan o‘ynaydi.

Angliya Kubogi, 1/4 final. Javob o‘yini

Vest Hem – Manchester Yunayted – 1:2

Gollar: Tomkins, 79 — Reshford, 54, Fellayni, 67

Vest Hem: Randolf — Kressvell, Ogbonna, Tomkins, Antonio — Nobl, Kuyate — Paye, Lansini (Emenike, 74), Valensiya (Mozes, 62) — Kerroll

Manchester Yunayted: De Xea – Roxo (Valensiya, 69), Blind, Smolling, Fosu-Mensa — Karrik, Fellaini — Marsiyal, Errera (Shneyderlen, 77), Lingard – Reshford (Runi, 90)

Ogohlantirishlar: Kerroll – Karrik, Roxo, Errera
Dastlabki o‘yin: 1:1

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.