Янгиликлар /

Mourino Angliya termasiga bosh murabbiylik qiladi

Мақола нашр қилинди

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino UNICEF homiyligi ostida o‘tkaziladigan xayriya uchrashuvida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ladi. Inglizlar bu uchrashuvda jahon terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Bu haqda o‘yin tashkilotchilariga asoslangan holda AFP xabar tarqatgan.

Bu uchrashuv 5 iyun kuni «Manchester Yunayted» o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Bundan oldin ham Mourino xayriya uchrashuvida ishtirok etgan, o‘shanda u jahon terma jamoasini boshqarib, Angliya terma jamoasi ustidan g‘alaba qilgandi.

«Men bunday uchrashuvlarda ikki tomonda turib ham g‘alabaga erishgan ilk murabbiyga aylanmoqchiman», degan u.

Bu uchrashuvga jahon terma jamoasini «Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri boshlab keladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.