Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi terma jamoa sardori bo‘lib Yevro-2016 musobaqasiga borajagini ma’lum qildi.
«Men Uyn Runidan sardorlik bog‘ichini olib qo‘yish, kamiga terma jamoaga chaqirmaslik uchun birgina ham sabab ko‘rmayapman.
Nima uchun Runini Yevropa chempionatiga olib bormasligim kerak? U ajoyib sardor va oxirgi mavsumlarda zo‘r o‘yin ko‘rsatdi. Runi Yevro-2016ga borish uchun munosib», — deydi Xodjson.
Runi ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» safida 35 marta maydonga tushib, 14ta gol urdi va 4ta golli uzatma oshirdi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.