24 aprel kuni Angliya Kubogi yarim finalining ikkinchi juftligida «Kristal Pelas» va «Uotford» jamoalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Alan Pardyu shogirdlari Yannik Bolase va Konnor Uikhem tomonidan urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi.
«Kristal Pelas» yarim finalga qadar «Riding», «Tottenhem», «Stok Siti», «Sauthempton» kabi klublar to‘sig‘idan o‘tib kelgandi. «Uotford» esa chorak finalda turnir tarixida eng ko‘p marta (19 marta) finalga chiqqan «Arsenal»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra turnirda chiqarib yubordi. «Arsenal» 19 finalning 12tasida muvaffaqiyat qozongan. Jamoa oxirgi 2 mavsumda ushbu turnir g‘olibi bo‘lgandi.
Endi jamoa «Everton»ni yengib finalga chiqqan «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs o‘tkazadi.
«Manchester Yunayted» ham bu mavsumda o‘z tarixida 19-bor Angliya Kubogining finalida to‘p suradi va bu borada «Arsenal»ga yetib oladi. «Manchester Yunayted» hozircha 11 marta Angliya Kubogi sohibiga aylangan.
O‘z tarixida 135-marta bo‘lib o‘tayotgan Angliya Kubogi finali 21 mayga belgilangan. Final bahsi an’anaga ko‘ra Londondagi «Uembli» o‘yingohida o‘tkaziladi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.