Янгиликлар /

Garri Keyn: «MYu»dan sovg‘a kutamiz

Мақола нашр қилинди

«Tottenhem» hujumchisi Garri Keyn APLning 35-turida «Vest Bromvich» bilan uchrashuvdagi durangdan so‘ng (1:1) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chempionlik uchun kurash hali tugamadi, kurashda davom etishimiz kerak. Biz «Vest Bromvich»ni yutishimiz kerakligini bilardik, shuning uchun afsusdamiz. Birinchi bo‘limdayoq uchrashuv masalasini hal qilishimiz mumkin edi.

Bu futbol. Qo‘limizdan kelgancha — kurashishda davom etish kerak. Oldinda «Chelsi» bilan o‘yinimiz bor. «MYu»dan sovg‘a kutamiz, ular «Lester» bilan o‘ynaydilar», — deydi Keyn.

Eslatib o‘tamiz, chempionat tugashiga uch tur qolganda «Tottenhem» peshqadam «Lester»dan 7 ochkoga ortda bormoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.