Янгиликлар /

«MYu» Kante transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» «Lester»dan fransiyalik yarimhimoyachi Ngolo Kanteni transfer qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqchi.

Goal.com xabariga ko‘ra, mankunianlar klubi «Lester»ga futbolchining yozgi transferlar vaqtida sotilishi ehtimoli bo‘yicha murojaat qiladi. Bu masala shu haftada «tulkilar»ning «Manchester Yunayted»ga qarshi «Old Trafford»da kechadigan bahsidan keyin ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Kantening o‘yinlari mankunianlar jamoasining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga ma’qul kelgan. Shotlandiyalik mutaxassis ushbu futbolchini transfer qilishni «Manchester Yunayted» rahbariyatiga tavsiya etgan.

Jamoa ushbu futbolchi uchun 20 million funt sterling (27 mln yevro) berishni mo‘ljallagan. «Manchester Yunayted» bundan ko‘proq talab etilsa ham, navbatdagi taklifni bildirishi mumkin. Kantening transferi evaziga mankunianlar braziliyalik futbolchisi Andreas Pereyrani «Lester»ga ijaraga berishga tayyor.

Bundan oldinroq, «Yunayted»«Benfika»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Renatu Sansheshga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.