Xabaringiz bor, Angliya Premer ligasi 30 aprel kuni 36-turida musobaqa peshqadami «Lester» jamoasi «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» mehmoni bo‘ladi.
Agar «Lester» ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, chempionlikni tantana qiladi. Ushbu o‘yindan avval «MYu» ustozi Lui van Gal bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.
«Biz ularning «Old Trafford»da chempion bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz «Lester»ning bayramini buzmoqchi emasmiz, shunchaki uni bir oz kechiktirmoqchimiz», — deya van Galning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy tvitteri.
Shuningdek, gollandiyalik mutaxassis «tulkilar» ustozi Raneri haqida ham fikr bildirib o‘tdi.
«Uning jamoalariga qarshi o‘ynash qiyin. Har doim o‘z shogirdlarini judayam tartibli o‘ynata oladi».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.