Янгиликлар /

4-o‘rinni egallashi uchun 19ta to‘p!?

Мақола нашр қилинди

APLning 38-turi doirasidagi «MYu» va «Bornmut» jamoalari uchrashuvi boshlanishi arafasida «Old Trafford» stadionida aniqlangan shubhali buyum muxlislar evakuatsiya qilib bo‘linganidan keyin har ehtimolga qarshi sapyorlar tomonidan portlatib yo‘q qilingan. Bu haqda Manchester shahri politsiyasining tvitterida ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, turning boshqa o‘yinlari kabi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi belgilangan «MYu» va «Bornmut» uchrashuvi tribunalardan birida aniqlangan shubhali buyum tufayli avvaliga 45 daqiqaga kechiktirildi, keyin butunlay boshqa kunga qoldirildi.

Bu o‘yin natijasi mehmonlar uchun deyarli hech qanday ahamiyatga ega emasdi. G‘alaba mehmonlarni 16-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarishi mumkin. Mezbonlar uchun esa bu o‘yindagi g‘alaba to‘rtinchi o‘rinni egallash uchun nazariy jihatdan imkoniyat berardi. Turning boshqa uchrashuvida, to‘rtinchi o‘rin uchun da’vogar, tur arafasida «MYu»dan 2 ochko oldinda joylashib turgan «Manchester Siti» «Suonsi»ga safar qildi va yutqazmadi. Endi Manchesterning ikki jamoasi o‘rtasidagi farq 3 ochkoni tashkil qilmoqda. 

Angliya Premer-ligasi reglamentiga ko‘ra, ochkolar teng bo‘lgan holatda birinchi navbatda to‘plar nisbati inobatga olinadi. Hozirda «Siti»ning to‘plar farqi 71-41 (+30) bo‘lsa, Lui van Gal jamoasida bu ko‘rsatkich — 46-34 (+12). Demak, «Manchester Yunayted» 4-o‘rinni egallashi uchun «Bornmut»ni 19ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishi shart.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.