Angliya chempionatining oxirgi turiga belgilangan «MYu» va «Bornmut» bahsi boshlanish vaqti «Old Trafford» stadioni hududida aniqlangan paket tufayli 45 daqiqaga kechiktirilgan edi ammo keyin politsiya o'yinni bekor qilish uchun qaror qabul qildi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi kerak edi.
Bu xabardan, o‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida stadionga kirib bo‘lgan muxlislar evakuatsiya qilinishi boshlangan va o‘yin noma’lum muddatga qoldirilgan.
Ayni vaqtda hodisaning boshqa tafsilotlari bildirilmayapti.
Ma’lumot uchun, «Old Trafford» stadionida o‘yin bekor qilinishi hodisasi oxirgi marta 2004 yili mavsumlar oralig‘idagi o‘rtoqlik uchrashuvlar vaqtida sodir bo‘lgandi. O‘shanda Yaponiyaning «Urava Red Daymonds»ga qarshi uchrashuv kuchli bo‘ron tufayli bekor qilingandi.
Qayd etish kerakki, «MYu»ning mavsumning ikkinchi davrasida 10 aprelda «Tottenhem»ga qarshi, 10 may kuni «Vest Hem»ga qarshi safar uchrashuvlari jamoa belgilanganidan 45 daqiqa kech boshlangandi. Birinchi holda jamoa avtobusi London ko‘chalarida tirbandlikka duch kelgani uchun stadionga kechikib borgan, ikkinchi holda jamoa avtobusini londonlik muxlislar toshbo‘ron qilishgandi.
Bugungi o‘yinda jamoaning keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish-etmasligi masalasi hal bo‘lishi kerak edi. Jamoa keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish uchun oxirgi turda o‘z uchrashuvida g‘alaba qozonishi va parallel ravishda kechadigan «Suonsi» va «Manchester Siti» uchrashuvida uelsliklar g‘alabasiga umid qilishi kerak bo‘lardi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.