Янгиликлар /

Lui van Gaal: Bu mening fikrim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal kelasi mavsumda jamoa bilan ishlashda davom etishini aytib o‘tdi.

«Kelasi mavsumda «MYu»da ishlashimni avval ham aytgandim. Bu mening fikrim. Ammo, direktorlar kengashi bu borada yakuniy qarorga kelishi lozim.

Faqat faktlarni muhokama qilish mumkin va shuni ayta olaman-ki, biz hamon Chempionlar ligasi uchun kurashmoqdamiz. Barchasi «Manchester Siti»ga bog‘liq.

Lekin, biz shuningdek Angliya kubogida ham g‘alaba qozonishimiz mumkin. Shundan so‘ng rahbariyat bir qarorga keladi», – dedi van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.