Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) APL doirasidagi «Vest Hem» va «Manchester Yunayted» jamoalri uchrashuvi (3:2) oldidan mezbon jamoa muxlislarining mehmonlar o‘tirgan avtobusiga uyushtirgan hujumi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.
«FA «Boleyn Graund» stadioni atrofida «MYu» avtobusiga qilingan hujum va uchrashuv paytida «Vest Hem» muxlislari o‘tirgan sektordan uloqtirilgan begona buyumlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.
Klub va politsiya bilan hamkorlikda vaziyat bo‘yicha chuqur o‘rganishlar olib boriladi», – deyiladi FA bayonotida.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.