Янгиликлар /

«Yunayted» muxlislari jamoa rahbarlaridan ranjigan

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi muxlislari jamoa rahbarlaridan juda ranjigan. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, muxlislar kecha amalga oshgan transferdan norozilar. Chunik «Bavariya» klubi «Benfika»danRenatu Sanchesni sotib oldi. Bu portugaliyalik yarim himoyachini «qizil iblislar» anchadan beri kuzatib yurgandi va sotib olishni rejalashtirayotgandi. Bu esa muxlislarni ancha ranjitdi. Muxlislar ayniqsa, klub direktori Eda Vudvorddan jaxli chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida, myunxenliklar Sanchesga 35 million yevro berishdi va 5 yillik shartnomaga imzo chekishdi. O‘z navbatida, ushbu futbolchiga mankunianliklar 46 million funt sterling berishga tayyorliklarini bildirishgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.