«Manchester Yunayted» klubi fevral oyidayoq «Benfika» yarim himoyachisi Renatu Sansheshni sotib olish fikridan voz kechgan edi. Eslatib o‘tamiz, bu futbolchi kelgusi faoliyatini «Bavariya» jamoasida davom ettirishi ma’lum qilingan.
Yaqinda Sanshesh myunxenliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi, uning transferi esa 35 million yevrodan iborat. Ammo bu mablag‘ mukofot pullari evaziga yanada oshishi mumkin.
«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvord esa mankunianliklar muxlislari tomonidan Sansheshni sotib olmagani uchun tanqid qilingan. Ammo «Manchester Yunayted» rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha, ular fevral oyidayoq Sansheshni sotib olishdan voz kechishgan va boshqa futbolchilarni ko‘rib chiqishda davom etishyapti.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.