Янгиликлар /

SAF: Bu haqida juda ko‘p gapiradilar

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» hujumchisi Lionel Messini o‘zaro taqqoslab o‘tdi.

«Ronaldu va Messi haqidagi tortishuvlar men uchun ancha qiziqarli. Bu haqida juda ko‘p gapiradilar.

Bu borada meni noto‘g‘ri tushunmasliklarini istar edim — Messi darhaqiqat ajoyib futbolchi. U to‘pni egallab turgan vaqtda xuddi shippakda ham o‘ynay oladigandek taassurot paydo bo‘ladi. Ammo  farq shundaki — Messi «Barselona»da o‘ynaydi va o‘zini ko‘rsatmoqda. Ronaldu esa hatto «Stokport Kaunti»da ham xet-trik qayd eta olgan bo‘lardi.

U hujumchi uchun kerak bo‘lgan barcha hislatga ega: har ikki oyog‘ida ham birdek kuchli zarba yo‘llay oladi va havodagi kurashda ham juda kuchli.

Ronaldu xuddi sher yanglig‘ dovyurak va u dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lib qolishni istaydi», — deydi Fergyuson.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.