Янгиликлар /

Mourino «Yunayted»ga Pol Pogbani olib keladi!?

Мақола нашр қилинди

Agar Joze Mourino «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylansa, yozgi transferlar mavsumida jamoaga «Yuventus»yarim himoyachisi Pol Pogbani olib keladi.

Portugaliyalik mutaxassis klubga keladigan bo‘lsa transfer siyosatini o‘zi yuritishini ma’lum qilgan.  23 yoshli fransiyalik futbolchi «Yuventus»ni tark etishga shoshilmayotgan bo‘lsada, uning agenti yarim himoyachi boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Pogbaga «Manchester Siti», PSJ, «Barselona» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Pol o‘tgan mavsumni Turin klubi tarkibida juda omadli o‘tkazdi. 48 uchrashuvda 10 ta gol urdi va 14 ta golli pas bilan ta’minlandi.

Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba 2009-2012 yillar davomida «Manchester Yunayted» jamoasida to‘p surgan. Asosiy tarkibdan joy ola bilmagan futbolchi jamoasini o‘zgartirgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.