Янгиликлар /

«MYu» 15/16 Angliya Kubogi sohibi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» Angliya Kubogi finalida qo‘shimcha vaqtda «Kristal Pelas» ustidan irodali g‘alabaga erishdi va joriy mavsumdagi Kubok sohibiga aylandi. Uchrashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobi bilan mankunianliklar foydasiga yakunlandi.

78-daqiqada «Kristal Pelas» futbolchisi Djeyms Pancheon hisobni ochdi. 3 daqiqa o‘tib «MYu» futbolchisi Xuan Mata hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Qo‘shimcha vaqtning 1-taymi oxirida «MYu» himoyachisi Kris Smolling ikkinchi sariq kartochka uchun maydondan chetlatildi. Manchesterliklar oz qolganlariga qaramasdan, 110-daqiqada Jessi Lingardning hal qiluvchi goli evaziga Kubokdagi g‘alaba baxtiga muyassar bo‘ldilar.

«MYu» gollandiyalik mutaxassis Lui van Gal qo‘li ostida birinchi unvonini qo‘lga kiritdi. Mankunianliklar bu sovrinni 12 marotaba olmoqdalar.

Angliya Kubogi. Final
Kristal Pelas – Manchester Yunayted – 1:2 (qo‘sh. vaqt)
Gollar: Pancheon, 78 (1:0); Mata, 81 (1:1); Lingard, 110 (1:2).
Chetlatish: Smolling, 105 (Manchester Yunayted)

Kristal Pelas: Xennessi, Denn, Suare, Uord, Dileyni, Yedinak, Kabay, Makartur, Zaa, Bolazi, Uikxem.

Manchester Yunayted: De Xea, Blind, Smolling, Roxo, Valensiya, Mata, Kerrik, Fellayni, Marsyal, Runi, Reshford.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.