Янгиликлар /

Ueyn Runi: van Gal hamon bizning murabbiyimiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal iste’foga chiqarilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirishdan bosh tortdi.

— Men hech narsa bilmayman, bu haqida van Gal yoki Vudvorddan so‘rang. 

Men van Gal bilan bog‘liq holatni muhokama qilishni istamayman. Chunki u hamon bizning murabbiyimiz va o‘z ishini bajarishda davom etmoqda. Menimcha bu haqida gapirish adolatsizlik bo‘ladi. Chunki u bilan Angliya Kubogida g‘alaba qozondik.

Menimcha Lui — yaxshi murabbiy va sovrin yutib olishdagi yordami uchun undan minnatdormiz. Qolgan masalada u yoki Vudvord bilan gaplashib oling, — deydi Runi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.