Янгиликлар /

Giggz jamoani tark etishi mumkin

Мақола нашр қилинди

Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Galga yordamchi bo‘lib turgan Rayan Giggz tez orada jamoani tark etishi mumkin. Bu van Galning o‘rniga Joze Mourino olib kelinsa ro‘y beradi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatgan.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Mourinoning agenti Jorje Mendesh seshanba kuni manchesterliklar rahbariyati bilan muzokara o‘tkazish uchun Angliyaga keladi. Yaqin vaqt ichida Mourino «MYu»ning bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq, portugaliyalik mutaxassis bilan «MYu» rahbariyati yarim yil oldin kelishib qo‘ygani, 2015 yil oxirida Mourino «Chelsi»ni tark etgach, u boshqa jamoa taklifini qabul qilmasligi uchun unga 4 mln funt to‘langani ma’lum qilingandi.

O‘z futbolchilik faoliyatini «MYu» tarkibida o‘tkazgan uelslik Rayan Giggz jamoa safida 672ta o‘yinda maydonga tushib, 114ta gol urgan. U jamoa bilan 13 marta Angliya chempioniga aylangan. Shuningdek, 4 marta Angliya Kubogida, 8 marta mamlakat Superkubogida zafar quchgan. Giggz «MYu» bilan 2 marta YeChL g‘olibi bo‘lgan. U 2014 yilda «MYu» bosh murabbiyi Devid Moyes iste’foga chiqarilishidan keyin vaqtinchalik jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi bo‘lgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.