Янгиликлар /

Yozgi transferlar uchun 150 million!?

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamaosi rahbariyati jamoaning bo‘lg‘usi bosh murabbiyi Joze Mourinoga yozgi transferlarni amalga oshirish uchun kattagina mablag‘ ajratmoqchi.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis yozda o‘zining yangi jamoasini kuchaytirish uchun 150 million funt miqdoridagi mablag‘ bilan ta’minlanadi.

Mourino yozgi transferlar vaqtida xarid qilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatorida quyidagi nomlar bor: himoyachilar Jon Stounz («Everton») va Esekiel Garay («Zenit»), yarimhimoyachilar Andre Gomesh («Valensiya») va Joau Mariu («Sporting»), hujumchilar Alvaro Morata («Yuventus») va Mauro Ikardi («Inter»).

Bundan tashqari, «Manchester Yunayted» «Yuventus»ga Pol Pogba va jamoaning chap qanot himoyachisi Aleks Sandroning transfer qilinishi imkoniyatlari bo‘yicha so‘rov yuborgan, turinliklar esa bu futbolchilar uchun 116 million funt (150 mln yevro) so‘ragan.

Mourino «MYu» tarkibiga futbolchilarni jalb etish uchun o‘z agenti Jorje Mendeshning yordamlaridan foydalanmoqchi.

«Manchester Yunayted»ni yozda Huan Mata va Bastian Shvaynshtayger tark etishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq, Mourino yanvar oyidayoq yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma xususida kelishib olgani, unga ko‘ra uning jami maoshi miqdori 75 million funtni tashkil etishi aytilgandi. U «Chelsi»ni tark etgach, yarim yil davomida boshqa jamoalardan tushadigan takliflarni qabul qilmasligi uchun 4 mln funt miqdorida «ko‘tarma puli» olgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.