Янгиликлар /

Mourino : O‘zimni «Old Trafford»ga yaqin his qilganman

Мақола нашр қилинди

«MYu»ning yangi bosh murabbiyiga aylangan Joze Mourino o‘zining yangi lavozimiga tayinlanishidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«MYu» bosh murabbiyiga aylanish katta sharaf – ayniqsa men uchun. Bu klub butun dunyodagi kishilarni hamisha to‘lqinlantirib kelgan. Ushbu klubni butun dunyoda tanishadi va unga muxlislik qilishadi.

«MYu» atrofida hamisha ertaknamo muhit hukmron va shunisi bilan dunyodagi hech bir klubga o‘xshamaydi.

Men hamisha o‘zimni «Old Trafford»ga yaqin his qilganman.

Faoliyatimning esda qolarli lahzalari shu stadion bilan bog‘liq. Endi bu jamoani boshqaraman va yaqin yillar ichida muxlislarning ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashlaridan rohatlanaman», – deydi u.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.