«Manchester Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvord jamoaga Joze Mourinoning bosh murabbiy etilishidan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Mourino shunchaki bugungi kun futbolida dunyoning eng yaxshi murabbiyi. U Yevropaning turli mamlakatlarida sovrinlar yutgan va hamisha futbolchilarni ruhlantirib, olg‘a boshlagan. Qolaversa, u APL chempionatini juda yaxshi biladi va bu yerda 3 mavsumda chempion bo‘lgan.
Men Mourinoni «Manchester Yunayted»da ko‘rganimdan xursandman va uni qo‘llayman. Uning muvaffaqiyatlar ro‘yxati jamoamizni olg‘a boshlash uchun ideal tarzda mos keladi», — deydi Vudvord.
Ma’lumot uchun, Mourino turli yillard Angliyada «Chelsi»dagi 2 marta faoliyatidan tashqari, Portugaliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida «Portu», «Inter» va «Real» jamoalarida ishlagan.
U APLdagi 212ta o‘yinining 140tasini g‘alaba bilan yakunlagan, 44ta durang va 28ta mag‘lubiyat qayd etgan. G‘alaba ko‘rsatkichi 65 foiz.
53 yoshli mutaxassis APL tarixidagi o‘yinlarda o‘rtacha hisobda eng ko‘p ochko ishlagan yetakchi murabbiy (3dan 2,18). Undan keyingi o‘rinlarda Fergyuson (2,16), Anchelotti (2,07), Manchini (2,03).
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.