Янгиликлар /

Pogba faoliyatini «Yunayted» jamoasi davom ettirishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi davom ettirishi mumkin, deya xabar tarqatdi The Sun nashri.

Futbolchining transfer narxi 60 mln funt sterlingni tashkil etishi mumkin. Shu tariqa, mazkur transfer APL tarixidagi rekord darajadagi transferga aylanishi mumkin. Hozirgacha eng qimmatbaho transfer Anxel Di Mariyaga tegishli bo‘lib, u «Real»dan «Manchester Yunayted»ga 59,7 mln funt evaziga o‘tgan.

Pogbaning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda yakuniga yetadi. «Byankoneri» rahbariyati 23 yoshli futbolchiga shartnomani 2020 yilgacha uzaytirishni taklif qilmoqda. Bu orqali uning yillik maoshi 4,5 million yevrodan 6 million yevroga ko‘tariladi.

Avvalroq Pogba Barselona shahrida uy sotib olgani va «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.

Pol Pogba 2012 yilda «Manchester Yunayted»dan «Yuventus»ga o‘tgandi. Fransiyalik futbolchi mankunianliklar safida 2009 yildan boshlab faoliyat yuritib kelgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.