Янгиликлар /

Fergyuson va Moyes UEFAning texnik kuzatuvchilari bo‘ldilar

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiylari Aleks Fergyuson va Devid Moyes 2016 yilgi Yevropa chempionatida UEFAning texnik kuzatuvchilari qatoriga kiritildilar. Bu haqda UEFA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hammasi bo‘lib texnik kuzatuvchilar tarkibiga 13 nafar sobiq futbolchi va murabbiy kiritildi, ular orasida nemis Tomas Shaaf, serb Savo Miloshevich, ingliz Garet Sautgeyt, fransuz Alen Jiress bor. Ular har bir uchrashuv natijasiga ko‘ra uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlashadi. Shuningdek, ular musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi, eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomini aytishadi va ramziy terma jamoasini aniqlashadi. 

Fergyuson «Manchester Yunayted»ga 1986 yildan 2013 yilgacha murabbiylik qilgan. U bu davr ichida 13 marta Angliya chempioni, 5 marta Angliya kubogi sohibi bo‘lgan, 2 marta Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan. 1999 yilda bir mavsumning o‘zida Angliya chempioni, Angliya kubogi va Chempionlar Ligasi g‘olibi unvonlarini qo‘lga kiritgach, ritsar darajasiga ko‘tarilgan.

Fergyusonning o‘rnini egallagan Moyes 2013/14 yillardagi mavsum yakunlanishiga bir necha tur qolganda qoniqarsiz natijalar uchun iste’foga chiqarilgandi. U shundan keyin Ispaniyaning «Real Sosedad» klubida faoliyatini davom ettirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.