Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea Ispaniya matbuotida futbolchining jinsiy mojaroga aloqadorligi haqidagi gaplarning tarqalgani sababli Manchesterga qaytarib yuborilishi ma’lum qilingandi. Bu haqda 10 iyunda Independent nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» darvozaboni Yevropa chempionatida ishtirok etmaydigan bo‘lgan. Ispaniyaning asosiy tarkibida uning o‘rnini Iker Kasilyas egallashi aytilgandi.
Avvalroq El Dario nashri 2012 yilda De Xea bir qizni Ispaniya yoshlar terma jamoasidagi sheriklari bilan jinsiy aloqaga kirishga majburlaganini ma’lum qildi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabonning o‘zi qiz bilan jinsiy aloqaga kirmagan.
Biroq Ispaniya terma jamoasi vakillari bu axborotni inkor qilishdi va darvozabon Chexiyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishini aytishdi.
Futbolchining advokati bilan maslahatlashuvdan keyin, De Xea rejalashtirilgan matbuot-anjumanida ishtirok etmasligiga qaror qilindi. Matbuot-anjumanida jurnalistlarning savollariga futbolchilar Ektor Belerin va Aris Aduris javob beradilar.
De Xea 2011 yildan beri «MYu»da o‘ynaydi. 25 yoshli darvozabon 2013/14, 2014/15 va 2015/16 yillardagi mavsumlarda «MYu»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.
Ispaniya terma jamoasi Yevro-2016’ning guruh bosqichida Chexiya (13 iyun), Turkiya (17 iyun) va Xorvatiya (21 iyun) bilan o‘ynaydi.
Ispaniya amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.