Янгиликлар /

Zlatan Ibrahimovichni «MYu»ga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkin

Мақола нашр қилинди

Shvesiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Rio-2016 olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni istamoqda. Shu bois uning «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilish jarayoni barbod bo‘lish xavfi ostida qolmoqda.

Olimpiadaning futbol musobaqasi 4-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Zlatan ushbu musobaqada ishtirok etadigan bo‘lsa, u «MYu»ning mavsumoldi yig‘inida qatnasha olmaydi. Bundan tashqari, olimpiada tufayli shvesiyalik futbolchi jamoaning Xitoyda o‘tadigan tijorat turniri va Angliya premer-ligasining 1-tur bahsida (13 avgust) ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning futbol musobaqasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar va undan katta bo‘lgan 3 nafar o‘yinchi ishtirok etishi mumkin. Shvesiya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xakan Erikson Ibrahimovichni Rio-2016ga olib ketmoqchi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.