Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan faoliyatini «Manchechster Yunayted»da davom ettirishni istamoqda. Bu haqida uning agenti Mino Rayola xabar bergan. Eslatib o‘tamiz, Mxitaryan bir yildan so‘ng erkin agent maqomida «Borussiya»dan ketishi mumkin.
«Bir necha oy muqaddam «Borussiya» rahbariyati Mikiga yozda ketishi mumkinligini va’da bergan edi. Ammo aftidan ular o‘z muxlislaridan qo‘rqib ketdilar va shartnoma oxiriga qadar o‘ynashi haqida gapira boshladilar. Bu esa juda yomon qaror.
Nima sababdan «Borussiya» Xummelsni ashaddiy raqibiga («Bavariya»ga) berib qo‘ydi va shu bilan birgalikda Mikini ushlab qolishga intilmoqda. Bunday ishlamaslik kerak!
Miki «MYu»ga o‘tishni istamoqda. Bu uning uchun ajoyib imkoniyat», — deydi Rayola.
Eslatib o‘tamiz, Mxitaryanga «Arsenal» va «Chelsi»dan ham qiziqish bor. «Borussiya» futbolchi uchun 25 million funt talab qilgani aytilgan edi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.