Янгиликлар /

SAF: Rayan mustaqil ishlashga tayyor

Мақола нашр қилинди

«Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning ishonishicha, Rayan Giggz ma’lum bir sabablarga ko‘ra, klubda qolishi mumkin edi, biroq u o‘zi mustaqil ishlashga tayyorlanmoqda.

Avvalroq uelslik 42 yoshli Giggz murabbiylar shtabida Joze Maurino bilan ishlashni istamay va 29 yillik ish joyini tark etgani haqida xabar berilgan edi.

— Ayni damda murabbiylar shtabida o‘ziga ishongan yordamchi bo‘lsa kerak, bo‘lmasa Maurino Giggzni qo‘yib yubormagan bo‘lar edi. O‘ylaymanki, Rayan mustaqil ishlashga tayyor, — dedi Fergyuson.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.