«Manchester Yunayted» «Yuventus»dan Pol Pogbani qaytarish bo‘yicha harakatlarini davom ettirmoqda. Ayni vaqtda bu futbolchiga «Real», «PSJ» va «Manchester Siti» jamoalari ham da’vogar.
Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» ayni vaqtda Fransiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan bu 23 yoshli futbolchiga 250 ming funt miqdoridagi haftalik maosh tayinlashga tayyor.
Bundan oldinroq «MYu» Pogba uchun turinliklar jamoasiga rekord darajadagi 120 million yevroni sarflashga tayyorligi haqida xabarlar berilgandi.
Ayni vaqtda dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Garet Beyl hisoblanadi, u 2013 yilda «Tottenhem»dan «Real»ga 100 million yevro evaziga o‘tgandi.
Qayd etish joizki, Pogba 4 yil oldin «MYu»dan «Yuventus» tarkibiga erkin agent sifatida qo‘shilgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.