Янгиликлар /

Genrix Mxitaryan «Yunayted»ga o‘tdi!?

Мақола нашр қилинди

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan «Manchester Yunayted»ga o‘tdi. Bu haqida dortmundliklar rasman ma’lumot tarqatishgan.

Nemis klubi rasmiy saytida xabar qilinishicha, Mxitaryan «Manchester Yunayted»ga o‘tishni juda istagan va dortmundliklar uzoq muddatli muzokaradan so‘ng bunga rozi bo‘lganlar.

— «Manchester Yunayted» bizga juda katta pul taklif qildi. Agar biz bu taklifni rad etganimizda, bir yildan so‘ng Mxitaryanni tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lar edik, — deyiladi «Borussiya» tomonidan qilingan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam «Manchester Yunayted» Mxitaryan uchun 38 million yevro taklif qilgani aytilgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.