Янгиликлар /

Giggz rasman jamoadan ketdi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» yordamchi murabbiyi Rayan Giggz mankunianliklar safidagi 29 yoshli faoliyatidan so‘ng jamoadan ketdi.

42 yoshli mutaxassis bunday qarorini mustaqil ish boshlash maqsadi bilan izohlagan.

— «Manchester Yunayted»da o‘tkazgan 29 yillik faoliyatimdan so‘ng men futbolchi va yordamchi murabbiy sifatida bu jamoa DNKsini — ya’ni yoshlarga imkon berish hamda hujumkor va yorqin o‘yin namoyish etishni yaxshi bilaman.

Shu sababli jiddiy qaror — klubdan ketishga qaror qildim. Bu yerda 14 yoshimdan buyon yashadim. Bu qarorni qabul qilish men uchun oson bo‘lmadi.

Shunga qaramay hozir ketishning ayni vaqti deb o‘ylayman. Garchi menda murabbiylik faoliyati borasida aniq reja bo‘lmasada, hozir shunga intilmoqdaman, — deydi Giggz.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.